PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-03-19 15:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumanida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman prokurori hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i ishtirokida 43-MFIDUMda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zaro muloqot jarayonida o‘quvchilar takliflar bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Uchrashuv doirasida muddatidan oldin OTMga o‘qishga kirgan va muvaffaqiyatlari orqali tengdoshlariga namuna bo‘lgan o‘quvchilar taqdirlandi.
Ta'kidlash joizki, 2025/2026-o‘quv yilida Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim muassasalarining bitiruvchilaridan 5 nafari turli xalqaro tanlovlarda qatnashib, grantlar asosida muddatidan avval nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi.
166 nafar o‘quvchimiz esa ingliz tili bo‘yicha IELTS sinovlarida qatnashib, 5 balldan 8,0 ballgacha natija ko‘rsatib, OTMlarga kirishda imtiyozlarga ega bo‘ldi.




