PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-03-19 14:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi F. Bo‘taxonov boshchiligida Yoshlar sanoat hududida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda tadbirkorlar o‘z faoliyati, erishgan natijalari va duch kelayotgan muammolari haqida so‘z yuritdilar.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarishni kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Hokim tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Yakunida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.








