Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-03-14 09:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Buloqboshi tumani hokimi F. Bo‘taxonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman aholisi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar hamda muammolar yuzasidan murojaat qildilar.
Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, bandlik, uy-joy hamda boshqa turli masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolar qabuli davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.






