Buloqboshi tumanida chigit ekishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-03-14 10:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumanida chigit ekishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Buloqboshi tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi F. Bo‘taxonov boshchiligida 2026-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul tashkilotlar rahbarlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tumanda chigit ekish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, qishloq xo‘jaligi texnikalarining shay holati, chigit, mineral o‘g‘itlar hamda zarur resurslar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tomonidan mas’ul tashkilot va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga chigit ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.






