Yangi qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
2026-03-03 18:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumani hokimi F. Bo‘taxonov boshchiligida 210 o‘ringa mo‘ljallangan invistitsiya dasturi a'sosida qurib bitkazilgan 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, nuroniylar hamda ota-onalar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.
Yangi ta’lim maskani 3 qavatli bo'lib zamonaviy loyiha asosida bunyod etilib, barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Guruh xonalari, musiqa va sport zallari, oshxona hamda o‘yin maydonchalari bolajonlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.









