MINI FUTBOL BO‘YICHA YOSHLAR O‘RTASIDA “TUMAN HOKIMI KUBOGI” MUSOBAQASIGA QUR’A TASHLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.
2026-02-26 18:00:00 / Yangiliklar
Bugun tuman hokimi F.Bo‘taxonov hamda tuman prokurori N.Mamatazizov va tuman IIB boshlig‘i J.Mamatqulovlar ishtirokida 37 ta mahallalar jamoalari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “ Tuman hokimi kubogi” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 4 ta sektor kesimida 8 ta guruhga bo‘lindi va guruhda 1-2 o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladilar. Musobaqalar guruhlarda ertadan boshlanadi.










