2026-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
2026-02-17 08:45:00 / Yangiliklar

Bugun Buloqboshi tumani hokimligi majlislar zalida Andijon viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Rahimov hamda tuman hokimi F. Bo‘taxonov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilishda 2026-yilda sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, ekin maydonlaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, suv resurslarini tejash va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, eksport salohiyatini oshirish, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmini ko‘paytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
🔹 Yig‘ilish yakunida sohaga oid mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi






