Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov ish rejasiga asosan tumandagi sanoat va to‘qimachilik korxonalariga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
2026-02-06 09:00:00 / Yangiliklar
Sanoat korxonalariga tashrif davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi, Eksport hajmini ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, ishchi o‘rinlarini ko‘paytirish ya’ni sanoat va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish orqali tuman aholisini doimiy ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman hokimiga tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar tinglanib, eksport hajmini kengaytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Buloqboshi tumanida so‘nggi yillarda qurilish materiallari va to‘qimachilik sohalarida yuqori o‘sish sur’atlariga erishilmoqda.







