1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qo‘shilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan.g‘arbda Xovos tumani, shimolida Guliston tumani, g‘arbda Mirzaobod tumani va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming km².
Aholisi 142 ming kishi (2025). Boyovut tumani jami 39 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud.