Veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2025-09-22 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun Boyovut tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda soha xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda bo‘lim rahbari Sobir Qalandarov tomonidan tumanda nodulyar dermatit kasalligiga qarshi olib borilayotgan emlash ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida bo'lim xodimlari tomonidan jami 53 390 bosh yirik shoxli hayvon mazkur kasallikka qarshi emlandi.
Uchrashuv davomida veterinariya sohasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar, chorvachilikni rivojlantirishda fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik, shuningdek, aholining chorva mollari salomatligini ta’minlash bo‘yicha rejalar ham muhokama qilindi.
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati



