Xotira abadiy, qadr muqaddas: Fidoyi ustozlar yodga olindi
2025-05-05 10:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida umrining katta qismini ta’lim-tarbiyaga bag'ishlagan ustozlar xotirasiga atalgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab jamoasi, faxriy ustozlar, mahalla faollari va o‘quvchilar ishtirok etdi. Yig‘ilganlarga o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Marhum o‘qituvchilarning hayoti, faoliyati va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasi chuqur ehtirom bilan yodga olindi. Ularning suratlari va faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma ham tashkil qilindi.
Shuningdek, kun davomida turli sport musobaqalari, bilimdonlik bellashuvlari hamda milliy taomlar festivali o‘tkazildi. Bellashuvlarda o‘quvchilar o‘z iste’dod va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ustozlarga nisbatan ehtirom, milliy qadriyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, insoniylik fazilatlarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati









