Boyovut tumani paxtakorlari paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi
2026-10-15 17:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilda Boyovut tumanidagi dan ziyod fermer xo‘jaliklari tomonidan 10 ming 300 gektar yer maydoniga g‘o‘za parvarishlandi. Belgilangan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilganligi, dehqonlarning samarali mehnatlari evaziga paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi.
Yig‘im-terim ishlar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar tuman paxtakorlari tomonidan davlat omborlariga 55 ming tonnadan ziyod paxta topshirilib, belgilangan reja 100 foizga bajarildi.
Erishilgan muvaffaqiyatga “Boyovutlik Humoyun”, “Sanjarbek Jo’rayev”, “Boyovut Agro Star”, “Mullajonov Faxriddin”, “Shaxzoda-Shaxnozabonu” va “Buyuk davlat” singari o‘nlab fermer xo‘jaliklari munosib hissa qo‘shib, o’rtacha 65-70 sentnerdan hosil oldilar.
