Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-09-14 10:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumani hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Unda davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etib, davlat xizmatida halollik va ochiqlik tamoyillarini ta’minlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida korrupsiya illatining jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, uning oldini olishda har bir davlat fuqarolik xizmatchisining mas’uliyati haqida fikr almashildi. Xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik va halollik mezonlariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, fuqarolar bilan munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlarni ko‘rib chiqishda adolat va qonuniylik tamoyillariga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda halollik tamoyillarini kundalik faoliyatning muhim mezoniga aylantirish zarurligi qayd etildi.


