MUROJAAT TINGLANGAN JOYDA YECHIMGA YO‘L OCHILADI
2026-09-22 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun Boyovut tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Unda fuqarolar tuman rahbariga o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaati alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi. Ayrim masalalar joyida hal etish choralarini ko‘rishni talab qilsa, qo‘shimcha o‘rganishni taqozo etgan murojaatlar tegishli soha mutasaddilariga yo‘naltirildi. Mas’ullarga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Aslida, qabulxonaga kirib kelgan har bir fuqaro o‘z muammosining yechimini izlab keladi. Shu bois, insonni tinglash, uning tashvishiga befarq bo‘lmaslik va imkon qadar amaliy ko‘mak ko‘rsatish muloqotning eng muhim jihatidir. Bugungi qabul ham odamlarning dardini eshitishdan uni hal etishgacha bo‘lgan jarayonni ta’minlashga qaratildi.


