DIQQAT, HURMATLI FUQAROLAR!
2026-09-08 09:00:00 / Yangiliklar

Sizni ijtimoiy himoya sohasidagi qiziqtirayotgan masalalar, murojaatlar va takliflaringiz bormi? Unda sayyor qabullarda o‘z murojaatingiz bilan bevosita qatnashing!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Quvonchbek Xamdamov tomonidan 7–12 sentyabr kunlari tuman va shaharlarda jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun sayyor qabullar tashkil etiladi.
Sayyor qabullarda Siz:
✅ O‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz;
✅ Mutasaddilardan batafsil tushuntirish va amaliy yordam olishingiz;
✅ Ijtimoiy himoya sohasiga oid savollaringizga joyida javob olishingiz mumkin.
📍 Qabul kunlari va joylari:
🔸 7 sentyabr — Yangiyer shahri | 🕓 16:00
🔸 8 sentyabr — Mirzaobod tumani | 🕒 15:00
🔸 9 sentyabr — Oqoltin tumani | 🕒 15:00
🔸 10 sentyabr — Boyovut tumani | 🕒 15:00
🔸 11 sentyabr — Guliston tumani | 🕒 15:00
🔸 12 sentyabr — Guliston shahri | 🕚 11:00
🤝 Murojaatingiz biz uchun muhim!
