Niyoz Xazratkulov ko‘p qavatli uylardagi muammolarni joyida o‘rgandi
2026-08-07 14:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov bugun Madaniyat va Ijodkor mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar bilan tanishdi.
Tashrif davomida tuman hokimi aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni tingladi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘laklar, bolalar maydonchalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylarini ta'mirlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning taklif hamda murojaatlari o‘rganildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi.



