Eshiklar ochiq, yurtdoshlarimizning murojaatlari tinglandi
2026-08-04 14:00:00 / Yangiliklar
Eshiklar ochiq, yurtdoshlarimizning murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Boyovut tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita tingladi.
Qabul davomida uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, yer masalalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas'ullar ishtirokida muhokama olib borilib, joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa ijroga olinib, mas'ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.






