Fuqarolar murojaatlari e'tibor markazida
2026-07-27 13:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Boyovut tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqdi.
Qabul davomida o'ndan ortiq fuqaroning uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, moddiy yordam, yer va boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha muhokama o‘tkazilib, ijrosi muddat talab etmaydigan masalalar joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas'ul mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.




