“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-05-01 10:00:00 / Yangiliklar
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, har jihatdan ibratli ayollarimizni muntazam rag‘batlantirib borish, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun ushbu tanlovning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Unda o'ndan oriq tashkilot va muassasadagi faol xotin-qizlar qatnashib, g'oliblik uchun bellashdilar.
Tanlov yakunlariga ko'ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati


