Korrupsiyaning oldini olish — ochiqlik va shaffoflik orqali
2026-03-31 09:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumanida moliya-iqtisodiyot sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur tadbir Akmal Yunusov tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida “Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash — korrupsiyaning oldini olishning muhim omili” mavzusida ma’ruza qilinib, sohada olib borilayotgan islohotlar, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur matbuot anjumani hududda shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


