Boyovutda ochiqlik va shaffoflik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-03-30 09:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda tibbiyot birlashmasi rahbari so‘zga chiqib, sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlikni ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, sohada zamonaviy yondashuvlar joriy etilayotgani, D-Med tizimi orqali tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, jarayonlarni shaffof va qulay qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Mazkur tizim orqali bemorlar uchun xizmatlar sifati oshirilayotgani, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish imkoniyati kengaygani qayd etildi.
Shuningdek, aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni ochiq e’lon qilish maqsadida ro‘yxatlar chop etilib, bemorlar bemalol tanishishi mumkin bo‘lgan joylarga joylashtirilayotgani haqida ham ma’lumot berildi. Bu esa tizimda shaffoflikni ta’minlash va fuqarolarning xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.



