Boyovutda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-01-28 18:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda ochiqlik va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama va suhbat bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov, tuman prokurori Dilshod Babamuratov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Begimov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda korrupsion holatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tuman prokurorining o‘rinbosari Muhammadjon Temurov tomonidan hududlarda qayd etilayotgan huquqbuzarliklar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Muhokamalar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, muammolarga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.




