Boyovutda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2025-12-25 10:00:00 / Yangiliklar
Boyovutda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Boyovut tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, tuman hokimligi mas’ullari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat faoliyatida qonuniylikka rioya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida sohada mas’ul bo‘lgan xodimlar zimmasiga aniq vazifalar belgilab berildi.


