Mahallalar taraqqiyoti aholi fikri bilan: Bekat va Anorzorda ochiq muloqot
2025-12-25 10:00:00 / Yangiliklar

Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova bugun Bekat hamda Anorzor mahallalarida jamoatchilik faollari, mahalla nuroniylari va aholi vakillari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvlar ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda fuqarolarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bevosita tinglashga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq, Anorzor va Bekat mahallalariga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomini berish, ularni “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantirish dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.
Tuman hokimi mazkur dastur ijrosida aholi fikri va ehtiyojlari ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, har bir taklif va mulohaza atroflicha eshitildi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilandi.




