Beruniy tumani haqida

Beruniy tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan tuman. Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shimoliy-gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida,shimoliy sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani,shimoliy gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoir tumanlari, janubda Xorazm viloyati joylashgan. Maydoni 3.95 ming km² (395 ming 194 ga.) Chegara uzunligi (396,5 km.). Aholisi 210.5 ming kishi. Oilalar soni 50.950 ta. Jami ma’muriy organlar – 14 ta, mahalla(OFY, MFY) – 40 ta, maktablar – 73 ta, MTM – 59 ta (shundan, 56 davlat), Sog‘liqni saqlash muassasalari – 16 ta; Masjidlar – 5 ta, kutubxonalar – 76 ta.
Beruniy (tuman) da 40 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻini Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa, Maxtumquli, Tinchlik, Abay ovul fuqarolar yig’ini, Markaziy, Shabboz, To’qimachi, Ibn Sino, Turon, O’razboy Jumaniyazov, Palvash, Bo’ston, Birlik, Paxtakor, Istiqlol, Navro’z, Do’stlik, Navoiy, Amir-Temur, Guliston, Obi Hayot, Bunyodkor, Mustaqillik, Nayman, Qangshartol, Lolazor, Xorazm, Qiyat, Yangiobod, Saroyko’l mahallalari bor.
Beruniy tumanining shimolida Qizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —15°C, —20°C, iyulniki 28°C ga teng. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman janubidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Shimomyop, Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman—Beshtom nasos stansiyasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproqdan iborat. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandaardan qirgʻovul va boshqalar yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat biosfera qoʻriqxonasi joylashgan.
Aholisi, asosan oʻzbeklar boʻlib, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi.
Beruniy tumani iqtisodiyotining drayver negizini agrar soha va qurilish materiallari va chorvachilik tashkil qiladi. Beruniy tumanida 2642 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 254 ta ishlab chiqarish, 102 ta qurilish, 721 ta savdo , 117 ta maishiy xizmat, 777 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bulardan eng yiriklari "SHOBBOZ TOSH" MCHJ, "ASTERA TEXTILE" MCHJ, "LICO-ROOTS" MCHJ QK, "JAMSHID" MCHJ, YOG‘GAR AJ “Beruniy cluster”,Rayhon Apparel fabrikasi, Beruniy un zavodi, Lider Gips qurilish materillarini ishlab chiqarish zavodi, Alovuddin kunji kunjini tozalash zavodi, Al-Raso bo’yoq ishlab chiqarish zavodi, Beruniy savdo markazi, Eco bozor, Kichik sanoat zonasi, Abay OFY hududidagi Urgut sanoat zonasi joylashgan. Shuningdek, tumanda dehqonchilik, bogʻdorchilik, ipakchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, ham yaxshi rivojlangan.
Tumanda qo’shma korxonalar soni 28 ta kichik sanoat korxonalar tadbirkorlik subyekti – 242 ta, shundan, yangi tashkil etilgan –42 ta.
Fermer xo‘jaliklari – 549 ta, qishloq xo‘jaligi korxonalari – 14 ta, klaster – 2 ta. Qishloq xo‘jaligi yer maydoni – 313 ming ga, yaylovlar–262 ming ga. Suv tejovchi texnologiyalar – 38 ta, qishloq xo‘jaligi texnikalari – 2100 ta. Paxtachilik (reja) – 37.3 ming tonna ekilgan maydon – 8,5 ming ga. G‘allachilik ekilgani –3.8 ming ga olingan hosil – 10.3 ming tn. Yetishtirilgan pilla –193.8 tonna, bog‘dorchilik – 668 ga. Yirik shoxli qoramollar–167.5 ming bosh, oziq-ovqat mahsulotlari saqlagichlari–4 tani tashkil etadi.
Beruniy tumanida 73 ta umumiy o’rta taʼlim maktabi 1 ta Ixtisoslashtirilgan maktab shuningdek 3 ta xususiy maktablar mavjud. 73 ta maktablarda 3606 nafar pedagoglar faoliyat olib boradi. 41 ming nafardan ortiq o’quvchilar ta’lim oladi. Beruniy tumanida 59 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi qamrov darajasi 97% ga yetgan.
Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi tumandagi 200 mingdan ortiq aholiga sifatli tibbiy xizmat turlarini belgilangan tartib-tamoyil asosida ko‘rsatib keladi. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 1 ta markaziy kasalxona, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, unga qarashli 3 ta filial, 7 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy shifokorlik punktlari mavjud.
1946-yildan (Paxtakor-eski nomi) „Xalq minbari“ tuman gazetasi va “Tamaddun nuri” ilmiy-falsafiy jurnali chiqadi.
Beruniy tumani hokimligida 24 nafar xodim faoliyat yuritadi:
- Beruniy tumani hokimi
- Beruniy tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
- Beruniy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
- Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i
- Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
- Beruniy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
- Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
8. Beruniy tumani hokimi yordamchisi
9. Beruniy tumani hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari
bo'yicha bosh mutaxassisi
10. Beruniy tumani hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jaligi, ekologiya
va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
11. Beruniy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-
ma'rifiy ishlar bosh mutaxassisi
12. Beruniy tumani hokimligi oila va hotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
13. Beruniy tumani hokimligi qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi
14. Beruniy tumani hokimligi qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha yetakchi
mutaxassisi
15. Beruniy tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari
16. Beruniy tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruxi yetakchi mutaxassisi
17. Beruniy tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat
tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha
maslahatchisi
18. Beruniy tumani hokimligi bosh yuriskonsul`ti
19. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati rahbari
20. Beruniy tumani hokimligi devoni mudiri
21. Beruniy tumani hokimligi devoni mutaxassisi
22. Beruniy tumani hokimligi Ijro nazorati bo'linmasi bosh mutaxassisi
23. Beruniy tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchisi
24. Beruniy tuman hokimligi bosh xisobchisi
