Seminar davomida…
2025-10-09 15:40:00 / Yangiliklar

Bugun Beruniy tumanidagi “Durdiboyev Tajimurot” fermer xo‘jaligi dala maydonida To’rtkul tumani fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan o’zaro tajriba almashish seminari bo‘lib o’tdi. Unda Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov ishtirok etib, paxtadan yuqori hosildorlikka erishish bo’yicha o’zaro fikr almashdilar.
“Durdiboyev Tajimurot” fermer xo‘jaligining 100 gektardan iborat hududning 50 gektarida mahalliy “Sulton” navi, qolganida esa xorijiy paxta navi 60 sxemada ekilgan. Dala tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, har gektardan 50–55 sentner hosil olinmoqda. Maydonni ko‘zdan kechirar ekan, to’rtkullik fermer xo’jaligi rahbarlari bunday samaradorlikka erishishdagi tajribalar bilan tanishdi. E’tiborlisi, terim ishlari to‘liq mexanizatsiyalashgan — barcha jarayonlar mashinalar yordamida olib borilmoqda. Hosilning eng sifatli qismi urug‘lik sifatida saqlab qo‘yilishi bo‘yicha tavsiya berildi. Beruniydagi mazkur dala tajribalari nafaqat hosildorlikni ko‘rsatmoqda, balki mahalliy va xorijiy navlarning solishtirma ustunliklarini ham yaqqol namoyon etmoqda.





