Yangi uy-joyga ega yoshlarning quvonchi
2025-10-08 15:55:00 / Yangiliklar

Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Beruniy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ikki nafar voyaga yetgan ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga uy berildi. Ularni turar joy bilan ta'minlash, hayotga tayyorlash va qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun Beruniy tumani hokimining o'rinbosari D.Karimov va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo'limi rahbari F.Primov Prezidentimizning otalarcha g'amho'rligining namunasi bo'lgan uy-joylarni o'z egalariga tantanali topshirdi. 19 yoshga to'lgan Karimov Bexzod shinamgina uy-joyga ega bo'lganidan xursand. Huquqshunoslik yo'nalishida oliy ta'limga kirish istagida ekanligi, kelajakda yurtimizga foydasi tegadigan kadr bo'lib yetishish niyati borligini bildirdi. Dilbar Kojanova 6 yoshida ota-onasidan ayrilib, buvisining qaramog'ida qolgan. Tikuvchilik hunariga qiziqadi. Unga berilgan uy barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo'lib, yashash uchun qulayliklar to'liq yaratilgan. Davlat rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan g'amho'rlik va e'tibor uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirdi.




