Sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha yangi o'zgarishlar ahamiyati.
2025-10-06 11:55:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatiga sun'iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta'minotini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2025 yil 21 avgust kungi PF-140-sonli Farmoni iqtsiodiy sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Mazkur Farmon bilan sud ishlarini yuritishda qog'oz shaklidan voz kechish maqsadida «Raqamli sud» kontseptsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to'liq elektron shaklga o'tkazilishi belgilandi. Fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib boradi. Sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sun'iy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reestrini yuritish belgilandi. Sudlar faoliyatiga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha choralar ko'riladi. Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etiladi. Iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud
amaliyotini shakllantiriladi. «Raqamli sud» kontseptsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sud`yalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sud`yalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytiriladi. Fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko'rishni soddalashtirish maqsadida belgilansinki, «Raqamli sud» kontseptsiyasini amalga oshirish doirasi amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Jumladan, sudga ariza berishdan oldin sun'iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi. Murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi.
Beruniy tumanlararo
iqtisodiy sudi sud`yasi: B.Ubaydullaev
