Qaror ijrosi boʻyicha oʻrganishlar
2025-10-06 10:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati Xalilla Yeshimbetov PQ-248 sonli qaror ijrosi yuzasidan oʻrganishlar olib bordi. Qarorga muvofiq Beruniy tumanidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda 13-oilaviy poliklinika rekonstruksiya boʻlishi belgilangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati Xalilla Yeshimbetov Sarkop ovul fuqarolar yig'inidagi 13-sonli oilaviy poliklinikaning sharoiti bilan tanishdi. 1997 yilda ishga tushgan mazkur bino 10.860 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. 33 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi. Aholi sonining koʻpayishi esa, qoʻshimcha binoga zarurat borligini koʻrsatdi. Oilaviy poliklinikaning hozirgi binosi ta'mirlanib, yana bir qoʻshimcha bino qurilishi qarorda keltirilgan. 5.5 mlrd soʻm mablagʻlar ajratish rejalashtirilgan va hozirgi kunda reja-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Deputat mazkur bino bilan tanishib, aholining koʻp yillik muommolari qaror asosida hal boʻlayotganini bildirdi.

