Oltinsoy hududida tadbirkorlik rivoji
2025-10-02 11:30:00 / Yangiliklar

Beruniy tumanining Oltinsoy hududi tuman markazidan qarib 40 kilometr olisda joylashgan. Mazkur ovul fuqarolar yig'inida 6323 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish maqsadida boshlagan ishlari yil boshidan o'z natijasini ko'rsatdi. Hudud hokim yordamchisining ko'magi bilan joriy yilda 1 mlrd 593 mln so'm imtiyozli kredit mablag'lari asalarichilik, chorvachilik, parranda, baliqchilik, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish yo'nalishlarida ajratib berilgan bo'lsa, mazkur
sohalarda o'z faoliyatini boshlagan tadbirkorlarning daromadi o'sib, doimiy ishga ega bo'ldi. D.Kenjaevga ko'lda baliqchilik yo'nalishini kengaytirish uchun 10 mln so'm imtiyozli kredit olishda yordam berildi. Shuningdek, U.Umrzoqov qishloq xo'jaligidan ijara asosida yer olib, dehqon xo'jalik tashkil etdi va 1200 ta uzum navi ko'chatini ekib parvarishladi. Bu yil hosilga kirgan uzumdan daromad olishni boshladi. Non yopish va sotishni yo'lga qo'ygan tadbirkor 30 mln so'm imtiyozli kredit evaziga zamonaviy uskuna xarid qildi. Unda non shakli tayyor holatga keltiriladi. Bu esa non sifatini yaxshilab, buyurtmalar o'z vaqtida tayyor bo'lishini
ta'minlaydi. Oltinsoyliklarning tadbirkorlik sohasiga degan qiziqishi yuqori faqat yaratilgan sharoit va imtiyozlardan foydalanishda to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatilsa yanada ko'p ishlarni yo'lga qo'yishga qodir. Bu borada hokim yordamchisining faoliyati tahsinga loyiq.





