O'z kasbining fidoiy o'qituvchisi Zulfiya Satimova faoliyati haqida
2025-09-30 19:15:00 / Yangiliklar

Beruniy tumanida 73 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari mavjud bo'lib, ularda 5.300 nafar pedagoglar dars beradi. Tuman markazidagi 27-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 1979 yilda tashkil topgan, maktabda o'zbek va rus tillarida dars beriladi. 120 nafar o'qituvchilar yoshlarga ta'lim-tarbiya berib, o'z bilimlarini o'rgatib kelmoqda. Ayniqsa, ko'p yillik tajribaga ega faxriy ustozlarning malakasi va dars metodikasidan foydalanish, ta'lim maskanida yo'lga qo'yilgan. Bugungi kun qahramonimiz, faxriy ustoz, o'z kasbining fidoiysi Zulfiya Satimova. Matematika fanidan 30 yildan ortiq mazkur maktabda rus sinflariga saboq beradi. Ustoz o'zgacha inson deya so'z boshladi uning shogirdi va kasbdoshi Lola Urazalieva “insoniyligi, mehr-oqibatliligi, hayot tajribasi va doim yangiliklar sari harakat qilib, o'qib-o'rganishini hurmat qilamiz hamda unga o'xshashga intilamiz” deydi. Eng birinchi ustozi o'z onasi bo'lgan va undan bilim sirlarini o'rganib o'qituvchilik kasbini tanlagan Zulfiya opaning qizi ham bugun onasining izini bosgan. 1-oktyabr yurtimizda ulug' va sharafli kasb egalarining bayrami “O'qituvchi va murabbiylar kuni”. Bayram munosabati bilan Z.Satimovani maktab jamoasi, shogirdlari qizg'in qutladi. Maktab jamaosida 21 nafar oliy toifali, 19 nafar 1-toifali o'qituvchilar faoliyat yuritadi.O'quvchilar har yili fan olimpiadalarida ishtirok etib, yuqori o'rinlarni egallab kelgan. 2024-2025 o'quv yilida maktab o'quvchilari xorijiy tillarni
o'qitishda eng yaxshi maktab tanlovida tumanda faxrli 1-o'rinni egallab, 100 million sum pul mukofotiga ega bo'ldi. Albatta, bunday yutuqlar zamirida o'qituvchining ilm yo'lidagi fidoiyligi yotadi. Ta'lim dargohidagi o'quvchisini farzandi kabi tarbiyalab, ta'lim berib, katta hayotga topshirar ekan ustozning ko'nglida faqat yaxshi niyatlar saralanadi. Har birimizga ustoz bo'lishdek ulug'lik nasib qilsin deymiz. Bayramingiz muborak aziz ustozlar!





