“Mahalla xotin-qizlar faoli” malakasini oshirish bo'yicha Respublikamizning janubiy tumanlari uchun o'quv kurslari boshlandi
2025-09-23 17:35:00 / Yangiliklar

“Mahalla xotin-qizlar faoli” malakasini oshirish bo'yicha Respublikamizning janubiy tumanlari uchun o'quv kurslari boshlandi
To'rtkul, Elltikqal'a va Beruniy tumani mahalla xotin-qizlar faollari uchun boshlangan o'quv kurslari mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish maqsadida fan, ta'lim va ilmiy-ijodiy faoliyatga keng jalb etish hamda rahbar lavozimdagi ulushini oshirish, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash hamda bandligiga ko'maklashish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish, gender tengligini ta'minlash borasidagi malakasini oshirishning ilmiy-amaliy aspektlarini qamrab olgan bo'lib, bular o'quv kurslarining asosiy mavzulari bo'ldi.
O'quv kursidan asosiy maqsad davr talabi asosida oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida mahalla xotin-qizlar faollarining kasbiy kompetentligi va kreativligini takomillashtirishdan iborat. Darslar videoma'ruza va ma'ruza shaklda o'tilishi yo'lga qo'yildi. O'qish uch kun davom etadi.







