Oilaviy ajrashishlarning oldini olishda mediativ institutining ahamiyati.
2025-08-28 18:45:00 / Yangiliklar

Oilaviy ajrashishlarning oldini olishda mediativ institutining ahamiyati.
Mamlakatimizda oilalar mus¬tahkamligini ta'minlash, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Mamlakatimizda har bir oila davlat muhofazasiga olingan. Oila kodeksi va bosh¬qa qonun hujjatlari oilaviy munosabatlarni tartibga solish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nafaqat er-xotin, ayni chog'da voyaga yetmagan farzandlarning ham huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim o'rin tutadi. Aniq misollar yordamida fikr yuritadigan bo'lsak, 2025 yilning birinchi yarmi mobaynida fuqarolik ishlari bo'yicha Beruniy tumanlararo sudi tomonidan nikohdan ajratish bilan bog'liq 337 ta nizo ko'rilgan. Shundan 210 ta oila yarashtirish imkoni bo'lmagani tufayli nikohdan ajratilgan, 39 ta ish bo'yicha yarashuvga erishilganligi sababli ish yurituvdan tugatilgan.
O'tgan yil mobaynida sud tomonidan 72 ta oilaviy ajralishga oid da'vo ajrashish uchun yetarli asoslar bo'lmagani tufayli qanoatlantirilmasdan qoldirilgan va 49 ta ish bo'yicha yarashuvga erishilganligi sababli ish yurituvdan tugatilgan. Albatta, jamiyatning eng og'riqli muammosi — ajrashgan oilalar xususida so'z borar ekan, farzandlar taqdiri kishini beixtiyor tashvishga soladi. Negaki, ota-onaning ajralishidan murg'ak qalb egalari hammadan ko'proq aziyat chekadi, ko'ngli kemtik holda ulg'ayadi. Shuni tan olish joizki, ma'nan yetuk bo'lmagan shaxs hayotda o'z o'rnini topish, kasb tanlash, ijtimoiy hayotga moslashish, tengdoshlari, keng jamoatchilik bilan muloqotga kirishish borasida ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. Xulosa qilib aytganda, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta'minlash, ajrashish arafasidagi oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi. Shunday ekan, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, nizolashayotgan er-xotinni o'zaro murosaga keltirish borasida nafaqat sudlar, balki keng jamoatchilik ham alohida jonbozlik ko'rsatishi jamiyatimiz rivojiga munosib ulush bo'lib qo'shilishi shubhasizdir.
FIB Beruniy tumanlararo
sudining sud`yasi D.Turaeva
