Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan oliy sud plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
2025-07-23 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, moddiy va protsessual huquq normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi 2011 yil 20 iyuldagi 6-sonli qarorining 15-bandining oltinchi va yettinchi xatboshisida «Sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga ko‘ra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar ko‘rishga haqli.

