17 ta davlatdan 120 nafardan ortiq ARBIÇO 3-xalqaro kimyo fani olimpiadaçilari Beruniy tumaniga taşrif buyurdi.
2026-11-08 20:20:00 / Yangiliklar

Abu Rayxon Beruniy nomidagi 3-Xalqaro ARBIÇO kimyo olimpiadasi iştirokçilari ya’ni 17 ta davlatdan taşrif buyurgan 120 nafardan ortiq öquvçilar 3-10 noyabr kunlari Nukus şaxrida xalqaro olimpiadada bellaşadilar. Kuni keça iştirokçilar Abu Rayxon Beruniy tuğilib ösgan zamin, qadimgi Kat şaxri hozirgi Beruniy tumaniga taşrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar Beruniy boboning monument haykali poyiga gulçambar qöyib, hurmat bajo keltirdi. Tuman hokimi Ikram Xidirov olimpiada iştirokçilarini Qoraqalpoğiston diyorida, xalqaro olimpiadadagi iştiroki bilan tabrikladi. Mehmonlarning keyingi manzili Osiyo tantanalar uyida qiziqarli viktorina bilan davom etdi.
Abu Rayxon Beruniyning kaşfiyotlari va ilmiy qaraşlari borasida tarix fanlari doktori, professor, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqarği Kengesi deputati Yaxşibika Abdullayeva ma’ruza qildi va olimpiada iştirokçilariga omad tiladi. 17 ta davlat va turli tillarda sözlaşgan dunyo yoşlarini, bir maqsad ilm yölidagi intiliş, izlanuvçanlik va yangi ğoyalar birlaştirdi.
Ajdodlarimiz buyuk ipak yölini bosib ötib, bilim izlagan yöllardan endilikda istiqbolli yoş olimlar qadam bosib kelmoqda. Bunday nufuzli olimpiadaning aynan Qoraqalpoğistonda bölib ötişining ham öziga yaraşa mohiyati mavjud. Abu Rayxon al Beruniyning tuğilgan zaminiga kelişi esa, buyuk olimning ilmiga körsatilgan çeksiz hurmatdir.
Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessans davrini bilimli yoşlar bilan qurişni boşlagan ekanmiz albatta, bu yölda dunyo yoşlari bilan bellaşa oladigan avlodni tarbiya qiliş, ularga zamonaviy bilim beriş har birimizning mas’uliyatli vazifamiz hisoblanadi.
Yurtimizda uçinçi bor ötkazilayotgan xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Kosta-Rika, Gruziya, Isroil, Iordaniya, Qozoğiston, Qirğiziston, Malayziya, Möğuliston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Özbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli öquvçi-yoşlar kimyo fanidan özaro bellashdilar.









