Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari!
2026-10-25 11:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ichki ishlar organlari xodimlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar — jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli faoliyat bilan chambarchas bog‘liq.
Sizlarning fidoyiligingiz, jasoratingiz, kasbga sadoqatingiz va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishingiz jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.
Ishonchim komilki, Beruniy tumanida qonuniylik va jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi osoyishtaligini asrash, har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bundan buyon ham izchil davom etadi.
Fursatdan foydalanib, o‘z xizmat burchini bajarish yo‘lida mardlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga, shuningdek, ko‘p yillik tajribasi va boy hayotiy saboqlari bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan faxriylarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Beruniy tumani hokimi
Ikram Xidirov
