BERUNIY TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-05 11:10:00 / Yangiliklar

Beruniy tumani hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy vazifamiz! Zero, ochiqlik, halollik va qonuniylik ustuvor bo‘lgan jamiyatda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi.




