Yoshlar muommolaridan amaliy harkatlar sari
2026-10-15 15:15:00 / Yangiliklar
Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan bo‘lib, ushbu kunda barcha tizimdagi rahbarlarning yoshlar masalalarini o‘rganishi belgilab berilgan.

Yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan bo‘lib, ushbu kunda barcha tizimdagi rahbarlarning yoshlar masalalarini o‘rganishi belgilab berilgan. Bugun Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov tumandagi bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalangan holda ssudalar olish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlar olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar tushuntirilgan bo‘lsa, doimiy ish izlayotgan yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha vaucherlar beriladigan bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarga biriktirilgan rahbarlarga alohida vazifalar topshirildi.





