Zamonaviy sport maydonchasi mahalla yoshlari uchun topshirildi.
2026-09-08 21:05:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlarni yaratdi. Yoshlarni sportga jalb qilish, o‘z ustida ishlash bilan bir qatorda, mahallada daxldorlik hissa bilan yashashni o‘rgatdi. Mazkur olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblariga mahallada umumiy barcha sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun maydonchalar qurib beriladi. 2025-yilda “Besh tashabbus olimpiyadasi”ning Respublika bosqichida vorkaut sport turidan faxrli 1-o‘rinni egallagan 18-30 yosh oralig‘idagi Beruniy tumani Mustaqillik mahallasidan Yuldashev Sardor o‘z mahallasiga umumiy sport maydonchasi qurishni sovg‘a tariqasida yutub oldi. Natijada mahalladagi yuzlab, minglab yoshlarning barcha qulayliklarga ega zamonaviy sport maydonchasidan foydalanishi uchun imkoniyat yaratildi. Bugun, Beruniy tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi rahbari, shuningdek, maktab ma’muriyati va mahalla faol nuroniylari bilan ushbu sport maydoni yoshlar uchun tantanali ravishda topshirildi. Kelgusida ushbu mahalladan ko‘plab osiyo va jaxon chempionlari yetishib chiqishiga ishonch bildrildi.








