Hokim ishsiz yoshlar bilan biznes sayohat tashkil etdi.
2026-09-05 22:05:00 / Yangiliklar

Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ishga joylashtirish maqsadida biznes sayohat tashkil etildi. Ish bilan band bo‘lmagan mahalladagi yoshlar, tumandagi tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan temir buyumlari bilan tanishish maqsadida “Oltin saodat asri” MCHJ ga tashrif buyurdi. Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov mazkur joyda ishsiz yoshlar bilan uchrashib, ularning fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, temir buyumlarini ishlab chiqarish, payvandlash borasida yoshlarni ishga qabul qilish va ustoz-shogird tizimi orqali ish o‘rgatish masalalari tadbirkor bilan birgalikda shu yerning o‘zida hal qilindi.Mazkur korxona qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi. Xususan temir eshiklar, qurilish materiallari, energiya tejamkor isitish qozonlari, plastik eshik va romlar buyurtma asosida turli mebellar ishlab chiqariladi. Tuman hokimi tadbirkor Temur Jumaniyazovning korxona faoliyatini yanada kengaytirish borasidagi rejalari bilan tanishdi. Shuningdek, yaratilayotgan qo'shimcha imtiyozlardan foydalanish bo'yicha ham tavsiyalar berib o'tdi.








