Yoshlar uchun biznes sayohat
2026-08-10 09:25:00 / Yangiliklar

Beruniy tumani Abay ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “JINFING SILK ROAD TRADING” MCHJ XK tomonidan, gazablok va qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilayotgan bo‘lib, bugungi kunda zavodda sinov asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish boshlangan. Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari D.Karimov Qizil qal’a, Beruniy, Abay ovul hamda Mustaqillik va Nayman mahalla fuqarolar yig‘inidagi ishsiz yoshlar uchun biznes sayohat tashkil etdi. Bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib, zavod to‘liq quvvatda ishga tushgach, doimiy ishga qabul qilish bo‘yicha korxona rahbariyati bilan suhbatlashildi. Zavodning umumiy qiymati 5 mln AQSH $ ni tashkil etib, yiliga 5 mln dona gazablok ishlab chiqariladi, 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.





