Korrupsiyaga qarshi kurash — halol jamiyat sari tashlangan muhim qadam!
2026-08-07 12:10:00 / Yangiliklar

Korrupsiya har qanday jamiyatning taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻluvchi illatdir. U adolat tamoyillarini buzadi, davlat va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, fuqarolarning qonunlarga boʻlgan ishonchini susaytiradi. Beruniy tumani prokurori Sh.Matyakubov va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik K.Uzaqbayev mahallalarda faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari va inspektorlar bilan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamiyat rivojidagi xavfli illat ekanligi borasida yig‘ilish o‘tkazdi. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning ham burchidir. Halollik, qonunlarga hurmat va ochiqlik tamoyillariga amal qilish orqali sogʻlom va adolatli jamiyatni barpo etish mumkin. Har birimiz pora berish va pora olish kabi noqonuniy holatlarga murosasiz munosabatda boʻlsak, kelajak avlod uchun yanada taraqqiy etgan, adolatli va farovon jamiyatni qurishga munosib hissa qoʻshgan boʻlamiz.






