Beruniy tumanining ijtimoiy soha yo’nalishida 2026 yil 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
2026-07-24 09:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Beruniy tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yillik dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda 2 chorakda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish dasturi
Tumandagi 3-7 yoshgacha bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ikkinchi chorak uchun reja 94.5% deb belgilanib olingan bo‘lib, amalda 91.3%ga bajarildi. Hozirgi vaqtda reja 96.6% ga bajarilishi ta’minlandi.
Maktablarda xorijiy til bo‘yicha sertifikatga ega ya’ni (B2 va undan yuqori) o‘qituvchilar ulushi 2 chorak uchun 64% belgilanib, amalda 88.4%ga yetkazilib reja 138.1%ga bajarildi.
Yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilish orqali 2 chorakda 12 950 nafar yoshlarni qamrab olish belgilangan bo‘lib, amalda
19 065 nafar yoshlar qamrab olinib, reja 147.2%ga bajarildi.
Konsert-tomosha va madaniy tadbirlar tashkil etish 2 chorak uchun 55 marotaba belgilangan bo‘lib, amalda 58 marotaba tadbirlar tashkil etildi va reja 105.5%ga bajarildi. Davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejasi 2 chorak uchun 1 nafar belgilangan bo‘lib, amalda 1 nafar bajarilib, reja 100%ga bajarildi.
Homilador ayollarni perinatal skriningdan o‘tkazish bo‘yicha 2 chorak uchun 1 820 nafar ayol-qizlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, amalda 1 925 nafari perinital skrininglardan o‘tkazilib reja 105.8%ga bajarildi.
Aholini ommaviy sportga jalb qilish darajasi
2 chorak uchun 22% ko‘rsatgichda belgilangan bo‘lib, amalda 25% bajarilgan bo‘lib reja 113.6%ga yetdi.
Joylarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish 2 chorak uchun 165 bo‘lib, amalda 181taga, ya’ni 109.7%ga bajarildi. Ijtimoiy sohada olib borilayotgan tadbirlarni yil davomida songa emas balki sifat darajasini e’tiborga olingan holda o‘tkazilishi hamda ijobiy natijalarga erishish bo‘yicha bor imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.
