Yoshlar zamonaviy bilim va kasb sirlarini egallamoqda.
2026-07-03 09:15:00 / Yangiliklar
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun mamlaktimizda amalga oshirilayotgan ishlar bugun har qachongidan yuqori.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun mamlaktimizda amalga oshirilayotgan ishlar bugun har qachongidan yuqori. Beruniy tumanida shu kungacha 48 nafar yoshlarga zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish va kasb-hunar egallashlari uchun vaucherlar berilgan. Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari D.Karimov 18 nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunarga va aniq mutahassislikka o‘qishlari uchun vaucherlarga ega bo‘lgani bilan tabrikladi. Xususan, 12 nafar yoshlar bugalteriya, 4 nafar tikuvchilik va 2 nafari xamshiralik yo‘nalishlarida vaucherlarga ega bo‘lishgan. Tuman markazidagi BPO markazida esa 22 nafar yoshlar, zamonaviy uchta yo‘nalishda 1 oy davomida o‘qib, mutahassislikka ega bo‘ladi.






