Sport sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish
2026-06-13 12:20:00 / Yangiliklar

Beruniy tumanida Sport vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan, tumandagi sport maktabida o‘z faoliyatini olib borayotgan trener va ishchi xodimlari o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunda sport sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sport maktablarida yosh avlodni halollik, adolat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish zarur.
Har bir xodim o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi va xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanmasligi kerak. Shuningdek, sport maktablarida korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam olib borish, xodimlar va murabbiylarning huquqiy bilimlarini oshirish, ota-onalar bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga qonuniy yechim topish ham korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning fuqarolik burchimizdir. Halollik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda, sport maktablarida sog‘lom va shaffof muhitni yaratish orqali yosh sportchilarning yuksak natijalarga erishishiga zamin yaratamiz.



