Payshanba “Yoshlar kuni”. Beruniy tumani hokimi yoshlar bilan uchrashdi
2026-06-04 19:05:00 / Yangiliklar

Haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan bo‘lib, ushbu kunda barcha rahbarlar yoshlar bilan uchrashib, ularning muommolarini tinglab, hal qilish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni qo‘llaydi. Bugun Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov yoshlar bilan ochiq muloqoti davomida ularning murojaatlari bilan birga fikr, mulohazalari va takliflarini ham tingladi. Bildirilgan har bir murojaatni o‘z vaqtida hal qilish bo‘yicha barcha bo‘g‘im rahbarlariga alohida vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlarning tibbiy davolanishi, sog‘lig‘ini tiklashi uchun yordam beriladigan bo‘ldi. Umuman bugungi hokim va yoshlar uchrashuvi muommolarning hal bo‘lishi bilan bir qatorda, yoshlarning kelajak hayotida ham yangi sahifalar ochilishiga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a emas.







