Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida
2026-06-02 17:30:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanib, tizimli islohotlar, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qat’iy chora-tadbirlar, yangi qonun va davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Korrupsiya - bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish tushuniladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iborat. Korrupsiya bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan eng katta muammolardan biridir. U jamiyatda adolatsizlikni kuchaytiradi, iqtisodiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi hamda fuqarolarning davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Shu sababli mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Nukus tumanlararo ma’muriy
sudining sudya yordamchisi A.Kenesbaeva
