“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi start oldi
2026-06-02 16:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 152-son qaroriga muvofiq yoshlarning kasbga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻrta bo‘g‘in kadrlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, tanlov gʻolibi va ishtirokchilarini ichki va tashqi mehnat bozorida yuqori daromadli ish oʻrniga ega boʻlish imkoniyatini yaratishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish belgilangan edi. Ushbu tanlov har yili 10 ta kasb boʻyicha 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda respublika miqyosida oʻtkazilishi belgilangan.
Bugun Beruniy tumanida mazkur ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovning nizomi bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari D.Karimov to‘liq tushuntirib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari maxsus jihozlangan xonalarda, biriktirilgan komissiya a’zolari nazoratida shartlar bo‘yicha bellashuvni boshlab yubordi. Tanlov g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etadi.





