Bitiruvchi o‘quvchi yoshlar masalasi kun tartibida
2026-04-13 10:15:00 / Yangiliklar

Beruniy tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlashni yanada mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Maktab direktori R.Yeshanova o‘quvchilarning talim sifati va fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomat va intizom masalalari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyati, ota-onalar va maktab hamkorligini yanada kuchaytirish, oliy talimga tayyorgarlik ishlari, majlisda o‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yunaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi va bir qancha takliflar bildirildi. Bundan asosiy maqsad bitiruvchi yoshlarni qamrab olish hamda maktab o‘quvchilari orasida turli huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.




