Oliy ta’lim dargohlariga o’quvchilarning sayohati
2026-04-11 10:20:00 / Yangiliklar

Beruniy tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 35-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida aprel "Oʻsish laboratoriyasi" oyligida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha " Fan va taʼlim" sohasidagi kasblar oyligi doirasida maktab amaliyotchi psixologi N.Reyimbayeva hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor psixolog E.Oʻrazmatovalar hamkorligida bitiruvchi 10-11 sinf oʻquvchilarini taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirish, oʻquvchilarning pedagog kasbiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Xorazm viloyatidagi Аbu Rayxon Beruniy nomidagi Universitetga mutaxassisliklar bilan tanishtirish uchun uchrashuv va sayohat tashkil qilindi. Oʻquvchilar Universitetning Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi boʻyicha maʼlumotlar oldi, trening jarayonlarini kuzatdilar. Undan keyin tabiiy fanlar laboratoriya xonalari jihozlari bilan tanishib, tajribalarni kuzatdilar, fizika- matematika yoʻnalishi boʻyicha dotsent ustoz domlalar qiziqarli maʼlumotlar berdilar. Jismoniy madaniyat, tarix va huquq yoʻnalishi boʻyicha, filologiya va sanʼat, xorijiy filologiya yoʻnalishi toʻgʼrisida qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda xorijdan kelgan domlalar bilan muloqatda boʻldilar. O’quvchilar uchun bu sayohat kelajaklari uchun alohida ahamiyat kasb etdi.







